ijtimoiy tarmoqlar - shaka (uzb) lyrics
[matn “ijtimoiy tarmoqlar”]
[verse 1]
telefondan boshni ko‘tar, miyanga tushmasdan qurt!
youtub*u facebook uzra bo‘lib qolmagin manqurt
tur o‘riningdan, qadam bos, yur, tiril, uyg‘on, yugur
badantarbiya bu * koni foydadur
qarmog‘ining ilmog‘iga ilmoqda ul mug‘ombir
barmog‘ingdan tirnog‘ingni tilganday xuddi ombir
internet bu fohisha, oshiq qilar o‘ziga
mushtoq bo‘lgan ko‘zingga
ishqalaydi qalampir!
[naqorat]
ijtimoiy tarmoqlar
kasallikdir, o‘rtoqlar
zarari bo‘lsa borkim
afzalligi hech yo‘qdir
ijtimoiy tarmoqlar bu
ixtiyoriy qamoqdir
mubtalo bo‘lgan bo‘lgan o‘lar
tubsiz jarlik, so‘qmoqdir!
ijtimoiy tarmoqlar
kasallikdir, o‘rtoqlar
u shunday bir dardkim
aning tabibi yo‘qdir
internetda o‘tirganlar aslida ko‘r, so‘qoqdir!
kommentlarda botiru, hayotida qo‘rqoqdir!
[verse 2]
internet bu narkotik
internet bu nasha
bo‘lma o‘jar xo‘tik
nasha chekishni tasha!
qilma harxasha
bu mashmasha
undan ko‘ra shaka akani ko‘rganda besh tasha!
ul muloyim qotilga sen o‘lja bo‘lma, asrdosh
u senga na do‘st, na birodar va na sirdosh
bulbuloyim kimsalarni youtubda qilma taʼna
past ketib qo‘yma yana, ojizliging qilma fosh
[naqorat]
ijtimoiy tarmoqlar
kasallikdir, o‘rtoqlar
zarari bo‘lsa borkim, afzalligi hech yo‘qdir
ijtimoiy tarmoqlar bu
ixtiyoriy qamoqdir
mubtalo bo‘lgan bo‘lgan o‘lar
tubsiz jarlik, so‘qmoqdir
ijtimoiy tarmoqlar
kasallikdir, o‘rtoqlar
u shunday bir dardkim
aning tabibi yo‘qdir
internetda o‘tirganlar aslida ko‘r, so‘qoqdir!
kommentlarda botiru hayotida qo‘rqoqdir!
Random Song Lyrics :
- owe u - manila grey lyrics
- dikta mamo tyibori - bittó duó lyrics
- style - robert hazard lyrics
- the touch (power mix) - stan bush lyrics
- sexta 13 [prod. pqno] - demm_m2 lyrics
- nice car - sol seppy lyrics
- big racks - emandlex lyrics
- dog shit - trap beckham lyrics
- all the way up (asian remix) - fat joe & remy ma lyrics
- december2dismember - wristcutter wilt lyrics